So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

30 sen 16:11
Yangiliklar

Og'ir atletika, Olimpiya o'yinlari

SHahrullo Mahmudov: “Argentinada medallar uchun kurashamiz”

SHu yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentinada III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari o'tkaziladi.

Har to'rt yilda tashkil etiladigan ushbu nufuzli musobaqada vatanimiz sharafini bu safar 37 nafar sportchimiz himoya qilishidan xabaringiz bor. SHundan uch nafari og'ir atletika sporti vakillaridir.

2014 yili Xitoyning Nankin shahri mezbonlik qilgan II yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida og'ir atletikachilarimiz ham terma jamoamiz muvaffaqiyatlariga munosib ulush qo'shishgandi. O'shanda Farhod Sobirov kumush, Adhamjon Ergashev esa bronza medaliga sazovor bo'lishgan. Quvonarlisi, bugungi kunda ushbu sportchilarimiz asosiy terma jamoamiz safidan mustahkam joy olishgan va hozirda joriy yil noyabr oyida Turkmanistonda o'tkaziladigan navbatdagi jahon chempionati musobaqalariga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Yurtimizda esa ularga munosib o'rinbosarlar etishib chiqayapti. SHu bois bu safar ham mutaxassislar og'ir atletikachilarimizdan yuksak natijalar kutishmoqda. 

– Argentinada o'tkaziladigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida terma jamoamiz safida uch nafar atletimiz supachaga chiqishadi, – dedi biz bilan suhbatda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti SHahrullo Mahmudov. – O'smirlar o'rtasida -77 kg. vazn toifasida Muhammadqodir Toshtemirov, qizlardan esa -63 kg. vazn toifasida Kumush Fayzullaeva hamda -90 kg. vaznli atletlar orasidagi bahslarda ishtirok etadigan Dalera Fayzullaeva III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni Taylandda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qo'lga kiritishgan edi. Bugungi kunda sportchilarimiz muntazam tayyorgarlik jarayonini olib borishmoqda va umid qilamizki ular Argentinadagi musobaqaga o'zlarining optimal holatida etib borishadi. Bizning atletlar bilan bir vazn toifalaridagi jahonning etakchi sportchilari tomonidan yil davomida qayd etilgan natijalarga qarab xulosa chiqaradigan bo'lsak, vakillarimizning har birida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida sovrindorlar safidan joy olish, hatto chempion bo'lish uchun ham imkoniyatlar etarli. Kezi kelganda takidlash joiz, yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari biz uchun muhim musobaqalardan sanaladi. Bundan to'rt yil muqaddam Nankinda o'tkazilgan musobaqada qatnashgan atletlarimiz bugun kattalar o'rtasida ham o'z so'zlarini aytishmoqda. Ishonamanki, Argentinada bo'ladigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ham biz yaqin zahiramizni ko'zdan kechirib olamiz va kelgusida ular ham akalari singari jahon arenalarida vatanimiz sharafini munosib himoya qilishadi. 

Otabek Eshmamatov, jurnalist


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing