So’nggi yangiliklar

14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0 13:47Ислам Махачев Петр Яннинг ғалабасига муносабат билдирди + ФОТО 0 13:26Гвардиола кечаги 0:4 ҳисобидаги мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0 13:05Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланди 0 12:44Мераб Двалишвили Петр Янни октагонга чорлади 0 12:23Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг учинчи кун финал баҳсларида ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:02Мағлубиятли ўйинда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:41Prezident Kubogi. Нодирбек Абдусатторов дербида ғалаба қозонди. Жавоҳир Синдаровда ҳам 100 фоизлик натижа! 0 11:20Ниҳоят, Ҳумоюн Султонов Калабураги турнири чемпиони! 0 10:59Литва спорт мутахассисларидан иборат делегация пойтахтимизга ташриф буюрди 0 10:38Суперлига. Бугун "Сўғдиёна" 3-ўринга кўтарилиб олиши мумкин 0 10:17Мераб Двалишвили Петр Яннинг кечаги ғалабаси ва "вызов"ига "ответ" қилди 0 09:56Сувга сакраш бўйича илк Олимпия ўйинлари иштирокчимиз Ўзбекистон кубоги ғолиби 0 09:35Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг учинчи куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:14Саудия Арабистон чемпионати. "Ал Ҳилол" мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди + ВИДЕО 0

08 noy 16:35
Yangiliklar

Og'ir atletika

SHahrullo Mahmudov: Sportchilarimiz Olimpiadada supachaga kamida kuchli uchlik uchun chiqishadi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi “OlympicUz” axborot-tahliliy dasturi loyihasida og'ir atletika mavzusida qiziqarli suhbat uyushtirdi.

Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ijroiya qo'mitasi azosi, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi faxriy unvoni sohibi SHahrullo Mahmudov bilan suhbatimiz Tokio-2020 Olimpiadasi uchun yo'llanmalar borasidagi imkoniyatlar, butun dunyo sportchilarini chetlab o'tmayotgan doping muammosidan atletlarni himoya qilish masalasi, pandemiya sportchilar ruhiyatiga salbiy tasir ko'rsatmasligi uchun ko'rilayotgan chora-tadbirlar xususida bo'ldi.

– SHahrullo aka, avvalo suhbatimizni Prezidentimizning “Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida keltirib o'tilgan vazifalarning ahamiyati haqida boshlasak. Albatta, sog'lom turmush tarziga rioya qilish tushunchasi bugun har qachongidan ham dolzarb ko'rinish olgan. Mutaxassis sifatida bunga munosabatingiz.

– Bu hujjat aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga qamrab olishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli. Eng zarur va kerak paytda qabul qilindi, deb o'ylayman. Biz sportchilar o'rnak bo'lgan holda aholini ortimizdan ergashtira olsak, maqsad-muddaomizga erishgan bo'lamiz. Menga yoqqan tomoni, har bir mehnat jamoalarida musobaqalar o'tkazish, mahallalarda sport maydonchalari, trenajyor zallari, «Workout» maydonchasi tashkil etilayotganidir. Bugungi pandemiya sharoitida immun tizimi mustahkam odamning kasallikni engishi oson kechayotganini ko'ryapmiz, to'g'ri ovqatlanish va gigienaga rioya qilish bilan bir qatorda sport ham bu borada yaxshi vositachidir.

– Yaqinda CHirchiq shahridagi O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universiteti sport bazasida o'smir va qizlar o'rtasida mamlakat birinchiligi bahslari bo'lib o'tdi. Bu albatta Xanchjou-2022 va Parij-2024 o'yinlari uchun o'ziga xos sinov vazifasini o'tab berdi. Ushbu musobaqadan qanday xulosalar chiqardingiz?

– Albatta ijobiy. Sportchilarimiz jonli musobaqalarni sog'inib qolishgan edi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda yaratib bergan sharoitlaridan unumli foydalanib, mashg'ulotlarni onlayn tarzda olib bordik, polvonlarimizning sport formalarini ushlab turishga harakat qildik. Terma jamoa va viloyat murabbiylari bilan onlayn seminarlar tashkil etildi. Bu harakatlar musobaqada o'z samarasini berganini ko'rdik. Buni shaxsiy rekordlar yangilagani bilan ham izohlasam bo'ladi. Galdagi Osiyo va Olimpiya o'yinlari uchun ham zaxiralari etishib kelayotganini ko'rsatdi.

– Sentyabr oyi oxirida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Xalqaro og'ir atletika federaciyasining sobiq rahbari Tomash Ayandan faoliyati davrida “yashiringan” 130 dan ortiq doping tahlillarini talab qilib chiqdi. Bu juda katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Bunday holat og'ir atletikaning Olimpiya o'yinlari dasturidagi o'rniga ham tasir qilmay qolmaydi. Bu kabi illatlarni chetlab o'tish uchun mamlakat federaciyasi rahbariyati qanday choralar ko'ryapti?

– Bugungi kunda murabbiylarimizning ham, sportchilarimizning ham tibbiy savodxonligini oshirishimiz zarur. Mana, yaqinda Milliy olimpiya qo'mitasiga Butunjahon antidoping agentligi tomonidan katta jamoa tashrif buyurdi. Ular olimpiya sport turlarini tekshiruvdan o'tkazishdi, jumladan, og'ir atletikachilarni ham. Biz terma jamoamizdan xavotirda emasmiz. Nazoratimiz ostidagi sportchilarimizga mutlaqo ishonamiz. Terma jamoaga yosh atletlar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Milliy antidoping agentligi (NADA) mutaxassislari ko'rigidan o'tgach, qabul qilinadi. Ular kelajakda xalqaro turnirlarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Agar ularning qoni tarkibida taqiqlangan moddalar chiqib qolsa, bu O'zbekiston sporti uchun uyat. Mutaxassis sifatida aytmoqchimanki, butun dunyoda epidemiologik vaziyat hukmron bir paytda bu borada juda ham ehtiyot bo'lishimiz kerak. Uning oldini olish choralari ko'rilmoqda. Qo'mita qoshida ochilgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari ko'magida seminarlar orqali tushuntirish ishlari olib borilyapti. Xorijdan ham mutaxassislarni jalb qilib, onlayn-treninglar o'tkazish rejamiz bor. Bu, o'z navbatida, tibbiy madaniyat va savodxonligimiz oshishiga ham ko'mak beradi.

  – Hududlar haqida gap ketar ekan, bevosita selekciya ishlari mutaxassislarning doimiy diqqat markazida turishini takidlash kerak. O'zbekiston og'ir atletika federaciyasining poytaxtimizdagi bazasida bu borada murabbiylar uchun qulay sharoitlar yaratib berilgan. Selekciya ishlari kutilgan natija beryaptimi?

– Respublikamizning barcha hududlarida federaciya bo'limlari faoliyat yurityapti. SHuningdek, yurtimizdagi barcha 15ta olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida og'ir atletika bo'limlari bor. Bu sportchilarga etarli sharoitlar yaratilgan, uch mahal issiq ovqat bilan taminlangan degani. Ana shu muassasalar tarbiyalanuvchilaridan saralab olinganlari respublika musobaqalariga, keyin terma jamoaga jalb qilinadi. Federaciya qoshidagi selekciya ishlari shundan iboratki, har bir hudud murabbiyi ikki hafta mobaynida eng saralangan polvonlari bilan kelib, o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Bunga terma jamoa murabbiylari jalb qilinadi. Onlayn seminarlarimiz natijasini shu yo'l bilan ko'zdan kechiramiz. Maqsadimiz – hech bir iqtidor egasi nazardan chetda qolmasligi kerak.

– Asosiy terma jamoamiz haqida suhbatni davom ettirsak. To'rtta sportchida deyarli Tokio-2020 yo'llanmasi naqd. Bugungi kunda ularning jismoniy holati qay darajada, tayyorgarlik jarayonlari ko'ngildagidekmi? Qanday natijalar kutishga haqlimiz?

– Uchta sportchimiz olimpiya reytinglarini naqd qilib qo'ygan. Yakuniy natijani Xalqaro og'ir atletika federaciyasi 2021 yil 30 apreldan keyin elon qiladi. Bitta ayollar o'rniga ham davogarlarimiz etarli. Har bir sportchida imkoniyat bor. Kumush Fayzullaeva, Nigora Abdullaeva, Tursunoy Jabborova bab-baravar bu yo'llanmaga davogarlik qila oladi. Bizda Olimpiya licenziyasiga egalik qilishga qodir 6-7ta polvonimiz bor. Lekin bir qator sabablarga ko'ra xalqaro federaciya o'rnatgan cheklov bois ikkita erkak, ikkita ayol sportchimiz yo'llanma uchun kurash olib boradi. Albatta, yurtdoshlarimiz Rio-2016dagidan ham yuqori natija kutishga haqli. Hozir polvonlarimiz reytingidagi boshqa atletlar imkoniyatlari tahlil qilib chiqilyapti. SHundan kelib chiqib aytishim mumkinki, sportchilarimiz supachaga kamida kuchli uchlik uchun chiqishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing