16 sen 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Kayo Borralo SHara Bulletning o'rniga Paulo Kosta bilan jang qilishga tayyor
UFC jangchisi Kayo Borralo Qatarda bo'ladigan turnirda SHarabutdin Magomedov o'rniga Paulo Kosta bilan jangga tayyor.
Ayni paytda SHara Bulletning jarohati bor.
Avvalroq Kosta UFC unga qo'ng'iroq qilib, top-5 jangchisi bilan besh raundlik jang taklif etgani, ammo ehtimoliy raqiblardan biri uch raunddan ortiq jang qilishni xohlamagani uchun rad etganini aytgandi.
"Eshitdimki, kimdir jarohat olgan ekan. SHunchaki menga qo'ng'iroq qiling, men tayyorman! Albatta besh raund, chunki men uch raunddan ortiq jang qilishni istamaydiganlar kabi qo'rqoq emasman", — deb yozdi Borralo.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar