16 sen 15:08
Yangiliklar
Sport kurashlari

Jahon chempionati: Layloxon Sobirova o'tish bosqichida mag'lub bo'ldi, Umidjon Jalolov bronza uchun jang qiladi
Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Kecha Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori G'ulomjon Abdullaev (57 kg) O'zbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medalini taqdim etgandi.
Dasturga ko'ra, bugun to'rt nafar vakilimiz gilamga chiqishi belgilangandi.
Ayollar kurashi bo'yicha 59 kg vazn toifasidagi sportchimiz Layloxon Sobirova o'tish bosqichida neytral maqomdagi atlet Anastasiya Sidelnikova bilan to'qnash keldi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Oldinda Olimpiada ishtirokchisi Aktenge Keunimjaeva (50 kg) hamda Ozoda Zaripboevaning (76 kg) chiqishi kutib turibdi. SHuningdek, bugun Umidjon Jalolov (65 kg) bronza medali uchun bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar