16 sen 15:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Rene de Ridderning raqibi o'zgardi
18 oktyabr kuni Kanadaning Vankuver shahrida MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
UFC Fight Night Vancouver turnirining markaziy jangida ikki vaznda sobiq ONE chempioni, niderlandiyalik Rene de Ridder amerikalik Entoni Ernandes bilan bahs olib borishi kerak edi.
Ammo Ernandes jarohat olib, musobaqada qatnasha olmasligi malum bo'ldi. UFC uning o'rniga boshqa bir AQSH sportchisi — Brendon Allen oktagonga ko'tarilishi haqida xabar berdi.
Malumot uchun, Rene de Ridder o'rta vazn toifasi UFC reytingida to'rt, Allen esa o'n birinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar