So’nggi yangiliklar

11:07Бугун Жаҳон чемпионатининг жамоавий аралаш беллашувларида иштирок этамиз (Жуфтликлар) 0 10:36Нажмиддин Қосимҳожиев ва Озода Собиржонова Париж Гран-присида совриндор бўлди 0 10:05"Барселона" Флик қўлостида ўтказган 126 та ўйинда 43-йирик ғалабасини қўлга киритди 0 09:34Тўққизта финиш ва битта дуранг қайд этилган UFC Fight Night 290 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 09:03UFC Fight Night 290 турнирининг асосий жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:32Уайлдернинг Опетаяга қарши жанги Жошуа — Фьюри кардида ўтказилиши мумкин 0 08:01Олтита сариқ, битта қизил: "Реал" "Вильярреал"ни қийинчилик билан мағлуб этди 0 18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0

11 okt 09:34
Yangiliklar

Boks/MMA

To'qqizta finish va bitta durang qayd etilgan UFC Fight Night 290 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

Bugun AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan navbatdagi UFC turniri nokautlarga boy bo'ldi.

O'tkazilgan o'n ikkita jangdan to'qqiztasi muddatidan avval yakuniga etdi. UFC Fight Night 290 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda amerikalik Brendan Allen britaniyalik Kristian Leroy Dankanni muddatidan oldin mag'lub etdi va bu bilan divizion kuchli beshligidagi o'rnini saqlab qoldi.

Amerikalik raqibini uzoq masofali jangda sinovdan o'tkazishga vada bergandi, britaniyalik bu sinovdan o'ta olmadi hamda beshinchi raundning o'rtalarida bo'g'ish usuli bilan mag'lub bo'ldi. Ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritgan Brendan Allen jangdan keyingi intervyusida navbatdagi jangda chempionlik kamari uchun davogar bo'lishni yoki divizionning sobiq chempioni, janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessi bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytdi.

Kechaning ikkinchi muhim jangida britaniyalik engil vazn vakili Jey Gerbert hakamlarning bir ovozdan chiqarilgan qarori bilan braziliyalik Mateus Kamilioni mag'lub etdi.

Boshqa natijalar orasida rossiyalik Dariya Jeleznyakova ham omadsizlikka uchraganini takidlash joiz. U birinchi raunddan keyin braziliyalik Alis Pereyra bilan jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Pereyra tashkilot bayrog'i ostidagi debyut jangida hakamlarning bo'lingan qarori bilan mag'lub bo'lganidan keyin o'tgan yilgi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng ikkinchi muddatidan oldingi g'alabasini nishonladi.

SHuningdek, Andre Fili, Otari Tanzilovi, Julius Uoker, Francisko Prado, Niko Prays, Brendson Ribereyro va Allen Fray ham muddatidan oldin g'alaba qozongan jangchilar qatoridan joy olishdi.


UFC Fight Night 290 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Brendan Allen Kristian Leroy Dankanni sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – beshinchi raund, 2:46

Jey Gerbert Mateus Kamilioni hakamlarning yakdil qarori evazga engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Lupita Godinez raqibasi Ketlin Souzani ochkolar hisobiga taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Andre Fili Kay Kamakani nokautga (boshga oyoqda zarba) uchratdi – ikkinchi raund, 0:22

Otari Tanzilovi Malkolm Vellmeykerni nokautga (boshga oyoqda zarba) uchratdi – ikkinchi raund, 2:39


Prelim kard janglari

Julius Uoker Jerald Myorshartni texnik nokaut (zarbalar) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – ikkinchi raund, 3:35

Fransisko Prado Ismael Bonfimni nokaut (zarbalar) qildi – birinchi raund, 4:32

Niko Prays Leon SHaxbazyanni texnik nokaut (qo'l va tizzada zarbalar) evaziga taslim etdi – birinchi raund, 1:58

Brendson Ribeyro Felipe Frankoni sabmishn (gilotina usulida bo'g'ish) qildi – birinchi raund, 1:49

Allen Fray Richard Xarrisni nokautga (zarbalar) uchratdi – birinchi raund, 2:59

Alis Pereyra raqibasi Darya Jeleznyakovani texnik nokaut (jangni davom ettirishdan bosh tortish) evaziga mag'lub etdi – birinchi raund, 5:00

Ernesta Karikayte va Melissa Gatto o'rtasidagi jang durang bilan yakunlandi (29-27, 28-28, 28-28)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing