23 fev 03:26
Yangiliklar
Boks/MMA

SHakur Stivenson o'z kamarini yana bir bor muvaffaqiyatli himoya qildi
Engil vazn toifasidagi amerikalik professional bokschi, WBC yo'nalishidagi jahon chempioni SHakur Stivenson Ar-Riyoddagi boks oqshomi doirasida ringga chiqdi.
27 yoshli Stivensonga Buyuk Britaniya vakili, 29 yoshli Josh Pedli raqiblik qildi.
12 raund etib belgilangan chempionlik jangi 10-raundda to'xtatildi. SHakur raqibini texnik nokaut orqali muddatidan oldin taslim etdi.
SHunday qilib, SHakur Stivenson WBC chempionlik kamarini ikkinchi bor muvaffaqiyatli himoya qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar