23 avg 15:33
Yangiliklar

SHanxaydagi UFC turniri doirasida Markaziy Osiyo derbisi bo'lib o'tdi
Yarimog'ir vaznda kechgan jangda Qirg'iz Respublikasi vakili Uran Satibaldiev qozog'istonlik Diyar Nurgojayga qarshi oktagonga chiqdi. Birinchi raundning ikkinchi daqiqasi 45-soniyasida Satibaldiev raqibini Iezekiil bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
UFC tarixida bungacha 4 ta jangda xuddi shunday usul kuzatilgan edi. Rossiyalik og'ir vazn jangchisi Aleksey Oleynik ikki bor, yana bir rus aralash yakkauurash ustasi Aleksandr Volkov bir marotaba shu usul bilan raqibini taslim etgandi. Bu Uranning UFC promoushenidagi ilk g'alabasi bo'ldi. Satibaldiev debyut jangida Martin Budayga imkoniyatni boy bergandi. Diyar Nurgojay esa dunyoning kuchli ligasida ikkinchi bor muddatidan oldin yutqazdi. Uning hisobida bitta g'alaba bor.
Fikrlar