05 avg 16:18
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
SHapiev Olimpiada bronza medalidan quruq qoldi
Tokio-2020 Olimpiadasi dasturidan o'rin olgan erkin kurash musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Hozirgina 86 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan dastlabki bellashuv yakuniga etdi. Unda yurtdoshimiz Javrail SHapiev rossiyalik Artur Nayfonovga qarshi gilamga chiqdi.
Afsuski, murosasiz bahsda SHapiev kuchli raqibini mag'lubiyatga uchrata olmadi va Tokio-2020 Olimpiadasidagi ishtirokini medalsiz yakunladi. Endi ertangi bahslarda Bekzod Abdurahmonov va tajribali Magomed Ibragimovdan medallar kutib qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar