30 okt 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA
SHara Bullet Petrosyan bilan revansh haqida: "Bunday pul uchun har kuni jang qilishga tayyorman"
Rossiyalik UFC jangchisi SHarabutdin Magomedov armanistonlik Armen Petrosyan bilan ikkinchi jangga ham tayyor.
— Armen revansh jangini xohlaydi. U bilan yana jang qilasizmi?
- Hech bo'lmaganda bir oydan keyin Makaoda jang qilishga tayyorman. Men bunday pul uchun Armen bilan har kuni jang qilishga tayyorman.
— UFC 308 orqali faoliyatingizdagi eng katta pulni ishlab topdingizmi?
- Ha.
SHara va Armen o'rtasidagi jang 26 oktyabr kuni Abu-Dabi (Birlashgan Arab Amirliklari) shahrida UFC 308 turniri doirasida bo'lib o'tgandi. Jangda Magomedov ikkinchi raund tugashiga bir necha soniya qolganida nokaut orqali g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar