09 may 17:22
Yangiliklar
SHarofiddin Amriddinov - og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni!
Ushbu dunyo birinchiligida terma jamoamiz ham kuchli tarkib bilan ishtirok etyapti.
Quvonarlisi, -102 kgda yurtimiz sharafini himoya qilgan SHarofiddin Amriddinov jahon chempioni degan nomga sazovor bo'ldi.
Atletimiz dast ko'tarish mashqida 168 kgni o'ziga bo'ysundirib, kumush medalga ega chiqqan bo'lsa, siltab ko'tarishda 204 kg natija bilan oltin medalni o'ziniki qildi. Ikki mashq yakuniga ko'ra ham Amriddinov tengsiz bo'ldi va yoshlar o'rtasida jahon chempioniga aylandi.
Greciya. Og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati
Yigitlar, -102 kg
1. SHarofiddin Amriddinov (O'zbekiston) - 372 (168+204)
2. Petros Petrosyan (Armaniston) - 363 (161+202)
3. Muhammad Hamada (Falastin) - 361 (168+193)
Eslatib o'tamiz, bu biz uchun jahon chempionatidagi ilk medal emas. Bir necha kun avval -55 kg vaznda qizlar o'rtasida Jamila Panfilova bronza medaliga (dast ko'tarish va ikki kurashda) sazovor bo'lib, terma jamoamizga ilk medalni taqdim etgan edi. SHuningdek, Hojiakbar Olimov -89 kg vazn toifasida siltab ko'tarish mashqida kumush medalga ega chiqqan.
Fikrlar