So’nggi yangiliklar

21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0 15:55"Ал Ҳилол" навбатдаги ТОП трансфер бўйича келишувга эришди 0 15:21UFC 330 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Ислам рўйхатда борми? 0 14:52Ислам Махачев битта кўрсаткич бўйича Хабиб Нурмагомедовга етиб олди 0 14:15Тахмина Икромова халқа, қизларимиз эса гуруҳ машқининг финалида иштирок этади 0

09 noy 14:02
Yangiliklar

Boshqalar, Osiyo o'yinlari

SHavkat Mirziyoev Olimpiya shaharchasi qurilishini boshlab berdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
9 noyabr kuni Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo'yildi.

SHu munosabat bilan o'tkazilgan marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari so'zining avvalida barchani ushbu tarixiy voqea bilan tabriklab, loyihaning ahamiyati haqida gapirdi.

- Bizning o'z yo'limiz, niyatlarimiz, rejalarimiz bor. Bugun qilayotgan tarixiy ishlarimiz o'zining katta natijasini berishiga ishonamiz. Ana shu ishonch bizga kuch-qudrat beradi, - dedi SHavkat Mirziyoev.

Mamlakatimizda sportni ommalashtirish, sportchilarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. So'nggi besh yilda sport sohasiga qariyb 4 trillion so'm yo'naltirilib, 118 ta yirik inshoot foydalanishga topshirildi va 110 tasi rekonstrukciya qilindi.

Etibor va sharoit natijasida joriy yilning o'zida sportchilarimiz turli xalqaro musobaqalarda 1 mingdan ziyod medalni qo'lga kiritdi. Jumladan, Hindistonning CHennay shahrida o'tgan shaxmat olimpiadasida milliy terma jamoamiz birinchi o'rinni egalladi. Turkiyaning Ko'nyo shahrida bo'lgan Islom birdamligi o'yinlarida esa vakillarimiz jami 158 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni oldi.

Bunday natijalar tufayli sportchilarimizga dunyo tan berib, nufuzli xalqaro musobaqalarni o'tkazish O'zbekistonga ishonib topshirilmoqda. 2021 yili Toshkentda og'ir atletika bo'yicha, bu yil dzyudo bo'yicha jahon chempionatlari yuqori saviyada tashkil etildi. Kelgusi yilda yurtimiz boks bo'yicha jahon chempionati hamda qita miqyosidagi ko'plab turnirlarga mezbonlik qiladi.

Kutilayotgan anjumanlardan eng nufuzlisi Yoshlar o'rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o'yinlaridir. Bu musobaqalar 2025 yilda Toshkentda o'tkaziladi. Unda qitamizdagi 45 mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo'yicha bellashadi.

Aytish joizki, bunday nufuzli xalqaro musobaqa O'zbekiston tarixida birinchi marta  tashkil etiladi. Uni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida zamonaviy Olimpiya shaharchasini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari bu loyiha bilan bir necha bor tanishib, ko'rsatmalar bergan edi. Bu tavsiyalar bosh loyihachi – Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan takomilga etkazildi.

– Olimpiya shaharchasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va o'zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishiga ishonaman. Bu maskan memoriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilg'or innovacion echimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua bo'ladi, – dedi SHavkat Mirziyoev.

Ushbu loyihaning qiymati 289 million dollardan ziyod. SHaharcha maydoni 100 gektar. Bu erda 10 ming o'rinli engil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta ochiq sport inshootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakurash, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi.

– Agar shonli tariximizga nazar solsak, ota-bobolarimiz kelgusi avlodlar uchun ulug'vor imoratlar barpo etganiga guvoh bo'lamiz. Biz ham ajdodlarimizning mana shunday ezgu ananalarini munosib davom ettirib, mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Albatta, bunday yirik loyihalar ko'pchilikning birgalikdagi say-harakati, mehnatkash xalqimizning faol ishtiroki bilan yuzaga chiqadi, – deya takidladi Prezident.

SHuni ham aytish kerakki, majmua musobaqalardan so'ng bo'shab qolmaydi. Keyinchalik bu erda Sportni rivojlantirish vazirligi, sport federaciyalari va O'zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyat ko'rsata boshlaydi. Majmualarda yurtdoshlarimiz ham sport bilan shug'ullanishi mumkin bo'ladi.

Tadbirda taniqli sportchilar, federaciyalar rahbarlari, soha faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari jam bo'ldi.

Prezident SHavkat Mirziyoev Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo'ydi.

- Mamlakatimizda hamma sohalarda loyihalar, imoratlar ko'payyapti. Bularning zamirida buyuk xalqimizning buyuk mehnati yotibdi, buyuk xalqimizning niyati, ertangi kunga ishonchi yotibdi. Xudo xohlasa, bunday loyihalar yana ko'p bo'ladi, - dedi davlatimiz rahbari.

Marosimda Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori Husayn al-Musallam, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Majid Rashid, “CAMC Engineering” kompaniyasi bosh direktori Li Xaysin, O'zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va yosh sportchilar so'zga chiqib, shaharchaning bo'lajak sharoitlari va ahamiyati haqida gapirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing