So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

16 avg 11:00
Yangiliklar

Tadbirlar

SHavkat Mirziyoev qarori yuzasidan Olimpiya shon-shuhrati muzeyida davra suhbati bo'lib o'tdi (video)

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrat muzeyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Mazkur qarorda sportchi va murabbiylar faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan. Xususan, sportchilarning katta sportdan keyingi faoliyati davomida jamiyatning faol azosi bo'lishi uchun Harakatlar dasturining ishlab chiqilishi, mamlakat sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilgan sportchilar va ularning murabbiylariga bir martalik, oylik va umrbod to'lovlar tizimining joriy etilishi sport jamoatchiligi vakillarini xursand qildi.

Prezident qarorida “sportchi” lavozimining joriy etilishi haqida alohida ko'rsatib o'tilgan. Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi mutasaddilarining so'zlariga ko'ra, bu terma jamoalarga azo bo'lgan sportchilargagina tegishli bo'ladi. Qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'lgan uchrashuv davomida sportchi va murabbiylar, jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. “Sport” telekanali tomonidan yozib olingan mazkur tok-shou yaqin kunlarda muxlislarga taqdim etiladi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing