23 apr 14:22
Yangiliklar
SHavkat Rahmonov bu yil qaytmaydi
Qozog'iston MMA milliy federaciyasi rahbari Sag'indiq Mekeev SHavkat Rahmonovning chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatlari, uning reabilitaciya tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men bir necha bor aytganmanki, ayni paytda Islam (Maxachev) birinchi o'rinda va men 77 kilogrammda uni mag'lub etadigan hech kimni ko'rmayapman. SHavkatning bu kamarni qo'lga kiritish imkoniyati bor, lekin buning uchun unga juda ko'p narsa kerak: birinchidan, tiklanish davri. U o'tgan yili operaciya qilingan edi, men u bilan yaqinda uchrashdim - bir oy oldin - va u aytdi: "Agay, menda yana takroriy jarohat bor". SHavkat reabilitaciya uchun Germaniyaga qaytib ketdi, bu jarayon yil oxirigacha bo'ladi, aniq. Bu yil uni ko'rmaymiz. Menimcha, qish oxiri yoki bahorda tayyor bo'lsa kerak", - dedi Mekeev.
Eslatib o'tish doiz, Rahmonovning UFC`dagi so'nggi jangi 2024 yil dekabr oyida Las-Vegasda bo'lib o'tgandi. UFC 310 turnirida u irlandiyalik Ian Garrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi. 2026 yil boshida qozog'istonlik UFC yarim o'rta vazn toifasi reytingidan chiqarildi.

Fikrlar