02 iyu 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov qachon oktagonga qaytishini aytdi
Qozog'istonlik UFC jangchisi, yarimo'rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogar bo'lib turgan SHavkat Rahmonov hozirgi holati haqida gapirdi.
"Men hali hamon jarohatlarimni davolayapman. To'g'ri, hozir erkin rejimdaman. Lekin har kuni shug'ullanib turibman. Taxminan kuzning oxirlariga tayyor bo'laman, deb o'ylayman. Raqiblarim haqida, kim bilan, qachon va qaerda jang qilishimni hozircha bilmayman. Lekin maqsadim - UFC kamari", dedi Rahmonov.
Malumot uchun, 29 yoshli aralashyakka kurash ustasi shu kungacha 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U o'zining so'nggi jangini 2023 yil 16 dekabr kuni amerikalik Stiven Tompsonga qarshi o'tkazib, 2-raundda sabmishen orqali zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : sportsteppe
Fikrlar