27 mar 17:30
Yangiliklar
SHavkat Rahmonovning rafiqasi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi
Jambil viloyat sudi UFC jangchisi SHavkat Rahmonovning rafiqasi Gulayim Rahmonovani halokatli yo'l-transport hodisasini sodir etgani uchun 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi.
Sud malumotlariga ko'ra, baxtsiz hodisa 2025 yil 27 iyul kuni ertalab Mo'yinqum tumanidagi Olmaota-Ekaterinburg avtomagistralida sodir bo'lgan. Rahmonova Toyota Land Cruiser rusumli avtomobilni charchoq holatida boshqarayotgan bo'lgan. U boshqaruvni yo'qotib, qarama-qarshi yo'nalishga chiqib ketgan va keyin transport vositasi ag'darilgan.
Baxtsiz hodisa natijasida ikki yo'lovchi - sudlanuvchining dugonasi va singlisi - olgan jarohatlaridan vafot etdi. Rahmonova va uning o'g'li kasalxonaga yotqizildi.
Sud sudlanuvchining aybini tomonlarning ko'rsatmalari va ekspert xulosalari asosida isbotlangan deb topdi. Biroq, Rahmonova o'z aybini tan olmadi.
Hukm hali qonuniy kuchga kirmadi va apellyaciya berilishi mumkin.
Fikrlar