So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

06 jan 17:26
Yangiliklar

Boks/MMA

SHavkat Raxmonovning jamoadoshi UFC reytingi peshqadami chaqiruviga javob berishdi

DAR Team rahbari Eduard Bazrov Jek Della Maddalenaning SHavkat Raxmonovni mag'lub etish orqali Islam Maxachev bilan revansh olish niyati haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

— Bir qarasang Bakli chaqiruv tashlaydi, keyin Maddalena. Rostini aytsam, hozircha SHavkatning janglari bo'yicha aniq malumot yo'q. Na jamoada, na menejer Sayatda. Hech qanday taklif ham, sana ham yo'q.

Maddalena bilan jang esa yaxshi variant, u sobiq chempion. Qiziq bo'lardi. Uning imkoniyatlari qanday? Bu — MMA, pancherda har doim imkoniyat bo'ladi. Maddalenaning boksi yaxshi, kurashdan himoyasi ham yaxshi. Menimcha, u himoyani Islam bilan janggacha yaxshi ko'rsatayotgan edi.

Mening fikrimcha, Maddalena Islamga qarshi jang oldidan juda qattiq hayajonlandi. Face to face marosimidayoq bu ko'rinib turgan edi. Jangda u o'ziga ishonchsiz harakat qildi, ochila olmadi va deyarli butun jangni Islamning tagida o'tkazdi. Maxachev ishonchli, dominant uslubda g'alaba qozonib, 77 kg vaznda kuchli jangchilar ko'p ekanini, ammo ular biz o'ylagandek kuchli emasligini ko'rsatdi.

Men yarim o'rta vazndagi boshqa kuchli jangchilarning sifatlarini kamsitmayapman, lekin bir past vazndan chiqqan inson kelib, chempionni shunday dominant uslubda sindirib tashladi. Bu esa 77 kgda yaxshi yigitlar bor, ammo ular juda yuqori darajada emasligini ko'rsatdi. Bu SHon Brediga ham, Maddalenaga ham, Bilolga ham, malum darajada Ien Gerriga ham taalluqli. Islam yo'q paytda ular monstr edi, ammo Islam kelganidan keyin qaergadir g'oyib bo'lishdi", — dedi Eduard Bazrov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing