15 fev 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

SHavkatjon Rahimov: Diasni mag'lub etdim deb o'ylagandim
Kecha tojikistonlik bokschi SHavkatjon Rahimov IBF yo'nalishi chempioni Jozef Diasga qarshi jang o'tkazdi.
"Men qo'limdan kelgan barchasini qildim. G'alaba qozondim deb o'ylagandim. Ishni oxirigacha bajara olmadim shekilli.
Xatolar ustida ishlab, oldinga borishda davom etamiz. Ideal bokschi bo'lmaydi. Keyingi safar shu erda, AQSHda biz boshqacha darajani ko'rsatamiz", - dedi Rahimov.
Eslatib o'tamiz, SHavkatjon Rahimov kecha amerikalik Jozef Diasga qarshi jang o'tkazdi. 12 raundlik bahs yakuniga ko'ra, to'qnashuv durang bilan yakunlandi.
Havola :
Manba : Sport24
Fikrlar