So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

14 sen 08:10
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. 22-raqamli jamoamiz 22-o'rinni egalladi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'z yakuniga etdi.

42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etdi. Kecha musobaqada so'nggi 11-tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan nufuzli musobaqani g'alaba bilan yakunladi.

Slovakiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda hamyurtlarimiz 3,5:0,5 hisobida zafar quchishdi. Nafisa Mo'minova birinchi doskada raqibasi Eva Repkova bilan durang o'ynadi. Qolgan shaxmatchilarimiz Gulruhbegim Tohirjonova, Irina Gevornyan va Sarvinoz Qurbonboevalar raqibalarini mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.

Taqqoslash uchun, shaxmat Olimpiadasida Slovakiya 37, O'zbekiston esa 22-raqamli jamoa sifatida qayd etilgandi. Ushbu g'alabadan so'ng terma jamoamiz 31-pog'onadan 22-o'ringa ko'tarilib oldi va aynan shu natija bilan shaxmat Olimpiadasini yakunladi.

Terma jamoamiz 11ta uchrashuvdan 6tasida zafar quchib, 2ta bahsda durang o'ynagan va uch bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Xitoy terma jamoasi Olimpiada chempioniga aylandi. Polsha kumush, Ukraina esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing