So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

14 sen 08:50
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoamiz 39-o'rin bilan kifoyalandi

Xabar berganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'z yakuniga etdi.

42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi nisbatan past natija ko'rsatdi. Olimpiadaning so'nggi 11-turida shaxmatchilarimiz Belarus terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Rustam Qosimjonov birinchi doskada qora donalarda harakat qilib, Sergey Jigalko bilan durang o'ynadi. Anton Filippov Andrey Jigalko bilan bahsda murosaga keldi. Afsuski, Jahongir Vohidov va Marat Jumaevlar reytingda o'zlaridan yuqorida turuvchi raqiblariga yutqazib qo'yishdi.

Taqqoslash uchun, Belarus terma jamoasi Olimpiadada 23, O'zbekiston terma jamoasi esa 31-raqam ostida tasniflangan edi. Yakunda terma jamoamiz 39-pog'ona bilan kifoyalandi. Vaholanki, so'nggi tur oldidan jamoamiz 23-o'rinni egallab turgandi. Terma jamoamiz 6ta g'alaba, bitta durang va 4ta mag'lubiyat bilan Olimpiadani yakunladi. AQSH terma jamoasi Olimpiada chempioniga aylandi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing