So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

13 sen 08:45
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoamiz Germaniyani mag'lub etdi

Xabar berganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. O'n ettinchi jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadaning 10-turida kuchli hisoblangan Germaniya terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi.

Rustam Qosimjonov birinchi doskada Germaniyaning birinchi raqamli grossmeysteri Liviu-Deter Nisipiyanu bilan durang o'ynadi. Jahongir Vohidov reytingda o'zidan yuqorida turuvchi Mattias Blubaumga yutqazib qo'ydi. Ularning baxtiga Anton Filippov va Marat Jumaev o'zlaridan ancha kuchli raqiblarni mag'lub etib, terma jamoamizga muhim g'alabani keltirishdi.

Taqqoslash uchun, Germaniya terma jamoasi Olimpiadada 13, O'zbekiston terma jamoasi esa 31-raqam ostida tasniflangan. Bugun shaxmatchilarimiz 11-turda Belarus terma jamoasi vakillariga qarshi dona suraishadi. O'ninchi turdan so'ng terma jamoamiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 36-pog'onadan 23-o'ringa ko'tarilib oldi. Terma jamoamiz hisobida 6ta g'alaba, bitta durang va 3ta mag'lubiyat bor. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing