So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

12 sen 14:20
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoamiz Kuba bilan durang o'ynadi

Xabar berganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. O'n ettinchi jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadaning 9-turida Kuba terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Rustam Qosimjonov birinchi doskada Kubaning birinchi raqam grossmeysteri Lener Domingesga imkoniyatni boy berdi. Jahongir Vohidov va Anton Filippov kuchli raqiblari bilan murosaga kelishdi. Marat Jumaev reytingda o'zidan yuqorida turgan Reynaldo Ortizni mag'lub etishning uddasidan chiqdi.

Taqqoslash uchun, Kuba terma jamoasi Olimpiadada 5, O'zbekiston terma jamoasi 31-raqam ostida tasniflangan. Bugun shaxmatchilarimiz 10-turda Germaniya terma jamoasi vakillariga qarshi dona suraishadi. To'qqizinchi turdan so'ng terma jamoamiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 37-pog'onadan 36-o'ringa ko'tarilib oldi. Terma jamoamiz hisobida 5ta g'alaba, bitta durang va 3ta mag'lubiyat bor. 


Reyting:    

Fikrlar

   
12 sen 18:41:55
SarvarPARKENTLIK 2706
Hamma sport turlarida ösish bor. Shaxmatda ham bölsin 36 bizgamas. Kamida 15 likka kirsin
   
12 sen 17:37:19
erkin
Шу Рустам Қосимжоновни худдики алмаштириб қуйишгандек
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing