10 sen 10:55
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoamiz Nikaraguani mag'lub etdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. O'n ettinchi jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadaning ettinchi turida Nikaragua terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Rustam Qosimjonov, Jahongir Vohidov, Anton Filippov va Nodirbek Yoqubboevlar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Bugun shaxmatchilarimiz 8-turda Zimbabve terma jamoasi vakillariga qarshi bahs olib borishadi. Ettinchi turdan so'ng terma jamoamiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 52-o'rinni egallab turibdi. Terma jamoamiz hisobida 4ta g'alaba, 3ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar