11 sen 11:35
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat Olimpiadasi. Erkaklar jamoamiz Zimbabveni mag'lub etdi
Xabar berganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. O'n ettinchi jahon chempioni Rustam Qosimjonov boshchiligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadaning 8-turida Zimbabve terma jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Rustam Qosimjonov, Jahongir Vohidov, Marat Jumaev va Nodirbek Yoqubboevlar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Bugun shaxmatchilarimiz 9-turda Kuba terma jamoasi vakillariga qarshi bahs olib borishadi. Sakkizinchi turdan so'ng terma jamoamiz qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 52-pog'onadan 37-o'ringa ko'tarilib oldi. Terma jamoamiz hisobida 5ta g'alaba va 3ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar