So’nggi yangiliklar

18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0

12 sen 12:15
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. Qizlarimiz CHexiya terma jamoasini engishdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. Kecha musobaqada 9-tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqadagi o'zining beshinchi g'alabasini nishonladi.

CHexiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida zafar quchishdi. Nafisa Mo'minova, Irina Gevornyan va Sarvinoz Qurbonboevalar raqibalarini mag'lubiyatga uchratishdi. Gulruhbegim Tohirjonova esa oq donalarda o'ynashiga qaramay, Kristina Xavlikovaga yutqazib qo'ydi. O'zbekiston – CHexiya - 3:1.

Taqqoslash uchun, shaxmat Olimpiadasida CHexiya 25, O'zbekiston 22-raqamli jamoa sifatida qayd etilgan. Kechagi g'alabadan so'ng terma jamoamiz 26-pog'onadan 18-o'ringa ko'tarilib oldi.

Terma jamoamiz 9ta uchrashuvdan 5tasida zafar quchib, 2ta durang o'ynagan va ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Bugun shaxmatchi qizlarimiz dunyoning yigirma birinchi raqamli jamoasi bo'lib turgan Gollandiya terma jamoasidagi dugonalariga qarshi dona surishadi. 


Reyting:    

Fikrlar

   
12 sen 16:29:56
Muhar
"dugonalariga":)
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing