So’nggi yangiliklar

18:24Фомин Shymkent Challenger 50 турниридан неччи очко ҳамда пул мукофоти ишлаб олди? 0 18:03Чимаев кураш ва ММА фарқи ҳақида: "Олимпиада чемпиони гиламда мени ютиши мумкин" 0 17:42Санья-2026. Зелинская очиқ сувда сузиш баҳсларида иштирок этди 0 17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0

11 sen 10:30
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmat Olimpiadasi. Qizlarimizning ikkinchi mag'lubiyati

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

42-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O'zbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham ishtirok etyapti. Kecha musobaqada 8-tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha musobaqadagi o'zining ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib olishdi.  

Hindiston terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda birgina Nafisa Mo'minova mag'lubiyatga uchradi. Tajribali Xarika Dronovalliga qarshi kechgan bahsda hind shaxmatchisi zafar quchdi. Sarvinoz Qurbonboeva, Gulruhbegim Tohirjonova va Nodira Nodirjonovalar esa kuchli raqibalari bilan murosaga kelishdi. O'zbekiston – Hindiston - 1,5:2,5.

Taqqoslash uchun, shaxmat Olimpiadasida Hindiston 5, O'zbekiston 22-raqamli jamoa sifatida qayd etilgan. Kechagi mag'lubiyatdan so'ng terma jamoamiz 16-o'rindan 26-pog'onaga pastladi. Terma jamoamiz 8ta uchrashuvdan 4tasida zafar quchib, 2ta durang o'ynagan va ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Bugun shaxmatchi qizlarimiz dunyoning o'n beshinchi raqamli jamoasi bo'lib turgan CHexiya terma jamoasidagi dugonalariga qarshi dona surishadi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing