19 iyu 18:28
Yangiliklar
SHaxmat. Rossiya va Xitoy terma jamoalari o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi
Ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Do'stlik” turnirida erkak va ayollar terma jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Har bir tarkibdan 5 nafardan sportchi o'rin oldi.
Rossiya. erkaklar: Dmitriy Andreykin (2743), Yan Nepomnyashhiy (2719), Dmitriy Yakovenko (2710), Maksim Matlakov (2691), Daniil Dubov (2666).
Ayollar: Ekaterina Lagno (2524), Valentina Gunina (2518), Aleksandra Goryachkina (2486), Natalya Pogonina (2482), Anastasiya Bodnaruk (2479).
Xitoy.Erkaklar: Yuy Yani (2737), Van Yue (2728), CHjou Czyanchao (2617), Lu SHanley (2614), Ven Yan (2611).
Ayollar: Tan CHjuni (2509), Ley Tincze (2487), SHen Yan (2472), Go Ci (2447), Din Isin (2419).
Besh kun davom etgan musobaqaning erkaklar baxsida xisob- 12,5:12,5 ni tashkil etgan bo'lsa, ayollar o'rtasida mezbonlar 13:12 xisobida g'alaba qozonishdi. Yakuniy natija 25,5:24,5 Rossiya shaxmatchilari foydasiga. Kezi kelganda takidlash kerak Rossiya va Xitoy shaxmatchilari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini ilk bor 2001 yili SHanxay shahrida o'tgandi. O'shanda erkaklar, ayollar hamda o'smirlardan iborat terma jamoalari o'zaro baxs yuritishgan.SHundan buyon har yili bu ikki yurt vakillari o'rtasida “Do'stlik” turniri o'tkazib kelinmoqda. 2001-2015 yillardagi turnirlarga SHanxay, Pekin, Ninbo, Sochi, Sankt-Peterburg, Nijnyy Novgorod shaharlari mezbonlik qilgandi. 11-bor tashkil etilgan musobaqa esa poytaxt Moskva shahrida bo'lib o'tdi.
Fikrlar