19 noy 10:31
Yangiliklar
Tadbirlar
SHaxsiy namuna: hokimlar hududida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilyapti
Bejizga jismonan sog'lom, manan etuk degan jumlani ishlatmaymiz, sog'lom kishigina qaysidir sohaga naf keltirishi mumkin.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev viloyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda namuna bo'lmoqda. Hokim haftaning shanba kunlari barcha rahbarlar velosipedda yurishini aytib, har bir shahar va tumanlarida kamida 3-4 km uzunlikda velosiped va piyodalar yuradigan yo'lakchalar qurilishini malum qildi.
Yakkabog' hokimi jamoasi bilan futbol o'ynagan bo'lsa, Kitob hokimi ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini bajardi.
Mashg'ulotlarga boshqaruv apparati xodimlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
— Jismoniy harakat yangi ish kuni unumdorligi va kayfiyatning ko'tarinki bo'lishida muhim omil bo'ladi, – deb yozadi hokimlik Axborot xizmati.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar