01 fev 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

SHelestyuk prof ringdagi ketma-ket 18-g'alabasiga erishdi
Bugun tong saharda ukrainalik bokschi Taras SHelestyuk (18-0, 10 KO) navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Yarim o'rta vazn toifasi vakili bo'lgan Taras argentinalik Luis Alberto Veron (18-2-2, 9 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi. SHelestyuk o'n ikki raund to'liq davom etgan jangda raqibini sezilarli ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Hakamlar bir ovozdan - 97-93, 98-92, 98-92 hisobidagi g'alabani ukrainalik engilmas bokschiga taqdim etishdi. SHelestyuk g'alaba bilan yakunlangan 18ta jangining 10tasida raqiblarini muddatidan avval taslim eta olgan.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar