19 iyu 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko: Kamarimni xech kimga bermayman
UFC chempioni Valentina SHevchenko Liz Karmushga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
Ular o'rtasidagi dastlabki jang 2010 yilda o'tkazilgan va unda Karmush g'alaba qozongandi.
"Ushbu jang amalga oshsa ajoyib bo'lardi. Karmush - kuchli jangchi. Ishonchim komil, bahs ajoyib bo'lardi. To'qnashuvimiz tarixi haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bahsda tibbiy tomonlama to'xtalish bo'lgandi. O'shanda men ustunlik qilgandim va raqibimni nokautga uchratgandim. Ammo keyin u ko'zimga kuchli zarba bergandi. Men jangni davom ettirishga tayyor bo'lsamda, shifokorlar bahsni to'xtatishgandi.
Men ushbu jangga tayyorman. UFCga chempion bo'lish uchun kelganman. Kamarimni xech kimga berib qo'ymayman", - dedi SHevchenko.
Havola :
Manba : BJPenn.com
Fikrlar