10 mar 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko UFC 238 shousida oktagonga chiqadi, raqib malum!
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi.
Qirg'izistonlik jahon chempioni 8 iyun kuni AQSHning CHikago shahrida o'tkaziladigan UFC 238 turniri doirasida o'z kamarini ilk bor himoya qiladi. SHevchenkoning raqibi amerikalik Jessika Ay bo'ladi
Jessika ketma-ket uchta jangda g'alaba qozongan. So'nggi jangida 8 dekabr kuni UFC 231 turnirida Keytlin CHokagyanni mag'lubiyatga uchratgan edi. Ay MMAda jami 20ta jang o'tkazib, ularning 16tasida zafar quchgan.
Valentina SHevchenko aynan Ay ishtirok etgan UFC 231 oqshomida Yoanna Enjeychikni hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra ochkolar hisobida mag'lub etgandi. Valentina MMAda 19ta jang o'tkazgan. Uning hisobida 16ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar