08 dek 15:37
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko - UFC reytingi peshqadami!
Ertaga UFC chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tariladigan Valentina SHevchenko UFS reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Qirg'izistonlik sportchi o'tgan hafta Avstraliya va AQSHda o'tgan turnirlarda engil vazn toifasida janglar o'tkazilmagani bois reytingdagi o'z o'rnini saqlab qoldi.
Ikkinchi pog'onadan sobiq jahon chempioni Nikko Montano joy olgan. Kuchli uchlikka Ketlin CHukogyan yakun yasadi. SHevchenko ushbu divizondagi hozircha yagona bo'lib turgan jangini shu yilning 3 fevral kuni o'tkazib, braziliyalik Priscilla Kachoeyrani ikkinchi raundda muddatidan avval mag'lub etgan edi.
Eslatib o'tamiz, ertaga tong saharda Valentina SHevchenko Kanadada vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun polshalik Yoanna Enjeychikka qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Fikrlar