06 jan 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko va Joshua Barbados sohilida uchrashib qolishdi + FOTO
Superog'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua tatilni Barbados orolida o'tkazyapti.
Britaniyalik jahon chempioni biroz kutilmaganda orol sohilida futbol bo'yicha Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko bilan uchrashib qoldi. SHeva Sendi Leyn sohilidagi ushbu uchrashuvdan suratlarni Instagram sahifasiga joylagan.
"Sendi Leyndagi yana bir ajoyib kun. Biz Entoni Joshua bilan ko'rishib qoldik. Bundan juda xursandman", - deya surat ostida izoh qoldirgan SHevchenko.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar