02 dek 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenkoning opasi UFCdagi debyut jangida g'alaba qozondi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC turniri bo'lib o'tdi.
The Ultimate Fighter 28 Finale shousi doirasida qirg'izistonlik mashhur UFC jangchisi Valentina SHevchenkoning opasi Antonina engil vazn (-57 kg) toifasida debyut jangini o'tkazdi.
Uning raqibasi koreyalik Ji Yon Kim bo'ldi. Besh daqiqadan iborat uch raund davom etgan jang yakunida to'ng'ich SHevchenko raqibasini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Koreyalik sportchi tarozidan o'tish marosimida raqibasidan 2,7 kg og'irroq tosh bosgani uchun endi gonorarining 30 foizini Antoninaga beradi. UFCda debyut jangini o'tkazgan SHevchenko uchun bu MMA qoidalari bo'yicha qo'lga kiritgan ettinchi g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Fikrlar