30 mar 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

SHifokorlar UFC chempioniga ruxsat berishdi
Aralash qoidalar bo'yicha o'rta vazn toifasida UFC chempioni Robert Uittaker mashg'ulotlarni boshlashi mumkin.
SHifokorlar rasmiy ravishda Uittakerga mashg'ulotlarni boshlashga ruxsat berishdi. Robert bir yarim oy avval jarrohlik stoliga yotgan edi. Jarrohlar uning churragini olib tashlashgandi. Uittakerning menejeri Titus Dey Robertning jangi avgust oyiga mo'ljallanayotganini malum qildi.
Eslatib o'tamiz, Uittaker fevral oyida Kelvin Gastelumga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin jang boshlanishiga bir necha soat qolgan bir paytda uni kasalxonga olib ketishgandi. Endi 13 aprel kuni Kelvin Gastelum va Israel Adesanya o'rtasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang o'tkazadi. G'olib keyingi jangini Uittakerga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar