30 jan 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

SHlemenko UFC promousheniga o'tish bo'yicha muzokara boshladi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Aleksandr SHlemenko UFC promousheni bilan muzokara boshladi.
Bu haqida sportchining menejeri Aleksey Jernakov xabar berdi.
"Biz UFC va boshqa promoushenlar bilan muzokara olib boryapmiz. Aleksandrning keyingi jangi may oyida o'tkazilishi kerak. Lekin bu jang UFC turnirida bo'lmaydi. SHlemenkoning Bellator bilan shartnomasi yakunlandi. Hozir u erkin jangchi", - dedi Jernakov.
Eslatib o'tamiz, Aleksanr SHlemenko sobiq Bellator chempioni hisoblanadi. Rossiyalik 35 yoshli sportchi MMAda jami 72ta jang o'tkazgan. Hisobida 59 g'alaba hamda 13ta mag'lubiyat bor. Yana bitta jang o'tkazilmagan deb topilgan.
Havola :
Manba : сhampionat.com
Fikrlar