08 dek 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA

SHodiyor Meliqo'ziev Osiyo chempionati finaliga chiqdi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqada erkaklar o'rtasidagi yarim finallar start oldi. -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHodiyorjon Meliqo'ziev yarim finalda filippinlik Jay Bryan Barikuartoga qarshi ringga ko'tarildi.
Bokschimiz jang davomida ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
Endi u finalda Qozog'iston yoki Yaponiya vakiliga qarshi to'qnash keladi. Final jangi 11 dekabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar