08 dek 22:16
Yangiliklar
Boks/MMA
SHodiyorjon Meliqo'ziev IBA Jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi
Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining beshinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqada -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHodiyor Meliqo'ziev ilk jangini Qirg'iz Respublikasi vakili Anvarjan Xojievga qarshi o'tkazdi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Meliqo'ziev 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Bokschimiz 2-raund davomida raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi.
Endi u navbatdagi jangini Ozarbayjon yoki Tojikiston vakiliga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar