04 apr 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon dunyo reytingida kuchli o'nlikka kirib oldi!
WBA tashkiloti bokschilarning aprel oyi uchun yangi reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik bokschi SHohjahon Ergashev to'qqizinchi o'rinda qayd etilgan.
Malumot uchun, bokschimiz 28 aprel kuni xitoylik Jimin Vangga qarshi jang qiladi. Uning beloruslik Kirill Relixga qarshi ringga chiqishi haqidagi xabar asossiz bo'lib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Ergashev so'nggi jangini 13 yanvar kuni AQSHda Soni Fredriksonga qarshi o'tkazgan va uni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar