13 mar 18:55
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev AQSHga jo'nab ketdi + FOTO
Qizig'i, bugun mag'lubiyat va murosa nimalagini bilmay kelayotgan bokschimiz SHohjahon Ergashev ham okean ortiga yo'l olibdi. Hamyurtimiz bu haqda o'zining Instagram sahifasi "storis"ida xabar berdi.
"O'yin boshlandi, do'stlar. Men o'z ishimni doimo alo darajada bajarganman. Siz esa tillaringizni o'tkirlab turing", - deya izoh ham qoldirgan bokschimiz.
Eslatib o'tamiz, yaqinda SHohjahon Ergashev "Salita Promotions" kompaniyasi bilan kelishib olgan edi. Promoushen rahbari Dmitriy Salita mijozi bilan yana birgalikda ishlashi to'g'risida iliq fikrlarni ham bildirgandi.
"Men kuchli pancherlardan biri bo'lgan ajoyib salohiyatli bokschidan mamnunman. Biz SHohjahon Ergashevni xalqaro boks yulduziga aylantirish yo'lida birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutyapmiz”, - degandi Salita.
Fikrlar