16 fev 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev raqibini qanday hisobda mag'lub etdi?
Bundan bir necha soat avval engilmas bokschimiz SHohjahon Ergashev professional faoliyatidagi 16-g'alabasiga erishdi.
Hamyurtimiz AQSHning Malveyn shahrida o'zi singari mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik 23 yoshli Maykl Foksga qarshi 10 raundlik jang o'tkazdi. Foks 19ta jangning barchasida g'alaba qozongan, 5ta jangni nokaut bilan yakunlagani edi.
Xabar berganimizdek, 27 yoshli SHohjahon raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlardan ikki nafari 98-92 hisobida Ergashevning g'alabasini taminladi. Uchinchi hakam esa bokschimizga 96-94 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar