10 noy 08:19
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev taroziga chiqdi, ertaga 8 raundlik jang FOTO
CHarm qo'lqop ustamizga bu safargi jangida amerikalik Zak Remsi raqiblik qiladi. Bugun tongda bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va ularning har ikkisi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Bokschilar bir xilda - 63,5 kg tosh bosishdi.
Malumot uchun, Zak Remsi shu kungacha professional ringda 12 ta jang o'tkazib, ularning 8 tasida g'alaba qozongan (4 tasi nokaut evaziga). 4 ta jangda mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut).
SHohjahon Ergashev esa professional boksdagi faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, ularning barchasini o'z foydasiga hal qilgan. 13 ta jangda hamyurtimiz muddatidan oldin g'alaba qozona olgan. Bokschimiz WBA International chempionlik kamariga ega bo'lib turibdi. Lekin ertangi bahs uning uchun himoya jangi bo'lmaydi. Jang 8 raundga mo'ljallangan.
Fikrlar