15 fev 07:22
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev taroziga chiqdi, ertaga tong saharda jang! FOTO
Ayni paytda Butunjahon boks associaciyasi (WBA) reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz AQSHning Kanzas shtati Malveyn shahridagi Kansas Star Arena majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ergashev 63,5 kg tosh bosdi. SHohjahondan bo'yi sezilarli darajada baland bo'lgan Foks ham deyarli shuncha vaznga ega ekanligi oydinlashdi.
Eslatib o'tamiz, ikkala bokschi ham faoliyatlarida hali mag'lubiyat alamini totib ko'rishmagan. Xatto durang ham yo'q. Foks 19ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Ergashev va Foks o'rtasidagi jang ertaga soat 06:00dan boshlab “Sport” telekanalida to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.
Fikrlar