15 dek 01:18
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev uchun 18 soniya etarli bo'ldi
Hozirgina professional bokschimiz SHohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
Nokautchi nomini olgan hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qildi. Aslida Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o'tkazishi kerak edi. Lekin jangga uch kun qolganida Badruning Krasnodarga kela olmasligi malum bo'ldi.
O'n raundga mo'ljallangan jang muddatidan ancha avval yakunlandi. Birinchi raundning uchinchi soniyasidayoq SHohjahon raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi. Referi hisobni ochdi. Ruiz bir amallab o'rnidan turib oldi. Lekin o'tkazib yuborilgan zarbadan so'ng nokautga uchradi. Bu paytda jangning 18-soniyasi o'tib borayotgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Qachon seryozni raqib bilan tusharkan 8raundmas 12 raundli saviya jihattdan balandroq bokschilar bilan chempionlik kamarni qachon qolga kiritarkan
Bu oldi qochti bokschilar bilan tushib yurishdan foyda yoqku.