18 apr 19:34
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev WBA International kamari uchun jang o'tkazadi
Xabaringiz bor, 28 aprel kuni professional bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Bokschining o'zi olamsport.com saytiga malum qilishicha, ushbu jang WBAning ayni paytda vakant bo'lib turgan International kamari uchun bo'lib o'tadi. Jangda hamyurtimizga xitoylik Vang Jimin raqiblik qiladi.
Malumot uchun, xitoylik bokschi professional faoliyati davomida 12ta jang o'tkazib, ularning 10tasida g'alaba qozongan. 2ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan. SHohjahon Ergashev esa bungacha 12 marotaba jang o'tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Ushbu jang 28 aprel (O'zbekistonda 29 aprel tongda) kuni Bruklinda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
World
Continental
Intercontinental
International kamarlari borakan
WBA World yani asosiy kamar Kiril Relixda
Shohjahon WBA International ucun jang qiladi
Wbaboxing.com