29 jan 08:31
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning 15 fevral kungi jangiga rasmiy poster chiqdi FOTO
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini 15 fevral kuni AQSHda o'tkazadi.
Ayni paytda Butunjahon boks associaciyasi (WBA) reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan SHohjahon AQSHning Kanzas shtati Malveyn shahridagi Kansas Star Arena majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko'tariladi.
Kecha 15 fevral kungi boks oqshomi tashkilotchilari ushbu jang uchun rasmiy poster chiqarishdi. Ikkala bokschi ham faoliyatlarida hali mag'lubiyat alamini totib ko'rishmagan. Foks 19ta jangning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar