23 avg 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/82480_220.jpg)
SHohjahon Ergashevning jangi O'zbekistonda ham jonli efirda namoyish etiladi
Xabaringiz bor, ertaga tongda professional bokschimiz SHohjahon Ergashev AQSHda jang o'tkazadi.
Unda hamyurtimizga meksikalik Abdiel Ramires raqiblik qiladi. Avvalroq, mazkur jang "Match TV" telekanali orqali namoyish etilishi haqida xabar qilgandik.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, ushbu jang MTRKning "Sport" telekanali orqali ham jonli efirda namoyish etiladi. Telekanal tomonidan tayyorlangan rolikda translyaciya soat 06:00 da boshlanishi haqida malum qilingan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar