06 jan 12:43
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjaxon Ergashev WBA va IBF kamarlari sohibi bilan jang qilishi mumkin
Professional boksda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev shu yilning o'zidayoq chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishi mumkin.
Ayni paytda SHohjahon o'zining 17 yanvar kuni AQSHda o'tkazadigan jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ergashevning promouteri Dmitriy Salita joriy 2020 yilda mojozining birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Josh Teylor bilan jangini tashkil etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev WBA va IBF reytinglarida 6-o'rinni egallab turibdi. 17 yanvar (Toshkentda 18 yanvar tongi) kuni u meksikalik Adrian Estrellaga qarshi ringga ko'tariladi. Hozircha Josh Teylorning jamoasi bu xabarga munosabat bildirmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar