07 apr 16:16
Yangiliklar
Futbol

SHomurodov "Roma"ni 9 yillik natija sari etakladi
6 apreldan 7 aprelga o'tar kechasi Italiya chempionati 31-turining markaziy o'yini bo'lib o'tdi va unda "Roma" o'z maydonida "Yuventus"ni qabul qildi.
Rimliklar bu o'yinda "Yuventus" bilan durang o'ynadi (1:1). SHu tariqa ular Italiya chempionatidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 15 ta o'yinga etkazishdi. Raneri shogirdlarida 11 g'alaba va 4 durang bor.
Rim klubi oxirgi marta 2016 yilda bunday natijaga erishgandi.O'shanda mag'lubiyatsiz seriya 17 ta o'yingacha davom etgandi.
"Roma" 31-tur uchrashuvidan so'ng 53 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : OptaPaolo
Fikrlar