10 mar 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon Porter WBC kamarini himoya qildi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni SHon Porter o'z kamarini qiyinchilik bilan himoya qildi.
Porter kamari uchun rasmiy davogar Yordenis Ugasga qarshi ringga ko'tarildi. Jang 12 raund to'liq davom etdi va g'olib nomi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Hakamlardan ikki nafari 116-112 va 115-113 hisobidagi g'alabani amaldagi chempionga berishdi. Uchinchi hakam esa Ugasning 117-111 hisobida g'alaba qozonganini malum qildi. CompuBox statistikasi bergan malumotda Porterning 515ta zarbasidan 144tasi aniq manzilga etib borgani ko'rsatilgan. Ugasda bu ko'rsatkich 449ga 128 ko'rinishida bo'ldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar